Qizil-Suda (Shinjon) "Ipak yo'li - 2024" ralli musobaqasi yakunlandi.
Xitoyning "Ipak yo'li -2024" ralli-reydining g‘oliblarini taqdirlash marosimi 18-may kuni Shinjonda joylashgan Qirg'iz avotonom viloyati Qizil-Suning Atush shahrida bo'‘ib o‘tdi.
Ralli tashkiliy qo‘mitasida aytilishicha, musobaqalar 2024 yil 9-mayda Xorgos shahrida (Shinjon) boshlangan, uzunligi 2 ming 523 kilometr bo‘lgan yo‘nalish esa Qozog‘iston, Qirg‘iziston orqali o‘tib, Qizil-Suda yakunlangan.
"Ipak yo'li -2024" ralli-reydi Markaziy Osiyoda "Xuanta" kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan birinchi tadbirdir. Musobaqa Xuanta brendining Markaziy Osiyo va Markaziy Yevropada ralli yo'nalishlarini rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbusi bo‘lib, "bir kamar, bir yo‘l"tashabbusini ilgari surishga katta hissa qo'shadi. Musobaqadan so'ng "Ipak yo'li-2024"xalqaro rallisiga tayyorgarlik boshlanadi.