Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida “Markaziy Osiyo – Xitoy” Favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

30.05.2024 00:00 IPAK YO‘LI 5

30-may kuni Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida Xitoy Xalq Respublikasining tashabbusi bilan Markaziy Osiyo va Xitoy mamlakatlari Favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlarining yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. 

8de78a16-2a7a-cd8e-439d-164d740dac0e_lists_slider_

Foto: Gov.uz

Ushbu yig‘ilishdan ma'ruzalar, muzokaralar, taqdimotlar, tashriflar va boshqa tadbirlar o‘rin olgan.

Mazkur yig‘ilish doirasida “Markaziy Osiyo-Xitoy” mamlakatlari o‘rtasida tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasida hamkorlikdagi harakatlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilinib, institutsional asoslarni yaratish va hamkorlik mexanizmlarini mustahkamlashni nazarda tutuvchi qator hujjatlar tasdiqlandi. 

a7c76c08-cf7c-7632-e32b-a2e3830996bf_lists_slider_

Foto: Gov.uz

Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev ma'ruza bilan ishtirok etdi va Markaziy Osiyo hamda Xitoy mamlakatlari Favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.

“Markaziy Osiyo – Xitoy” Favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlarining yig‘ilishi 31-may kuniga qadar davom etadi.