O‘zbekistonlik jurnalist: “Xitoy bilan sun’iy intellekt sohasida hamkorlik keng istiqbollarni ochadi”

03.06.2024 00:00 IPAK YO‘LI 7

Joriy yilning 28-may kuni O‘zbekistondan 10 nafar ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat delegatsiya Guanchjou shahriga yetib keldi. Guandun, Gonkong va Makaoni o‘z ichiga olgan Katta ko‘rfaz hududi sayohatning birinchi bekatiga aylandi.

guanchzhou

Delegatsiya a'zolari iFLYTEK kompaniyasining janubiy bosh qarorgohi va Guanchjou radioeshittirish tarmog‘ida bo‘lishdi. Jurnalistlar bu yerda til to‘siqlarini bartaraf etishga yordam beruvchi so‘nggi sun’iy intellekt texnologiyalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

Regnum axborot agentligi jurnalisti Abu-Ali Niyozmatov sun’iy intellektning cheksiz imkoniyatlari haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning aytishicha, O‘zbekiston va Xitoy sun’iy intellekt sohasida o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishi mumkin.

“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda IT sohasini rivojlantirish borasida katta sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Bizda ko‘plab qo‘shma korxonalar bor, Xitoy bizga infratuzilmani yo‘lga qo‘yish va energetika loyihalarini amalga oshirishda yordam bermoqda”, — dedi jurnalist. U har ikki tomon uchun aloqa, ta'lim va boshqalar kabi hayotning turli sohalarida sun'iy intellektni tatbiq etish uchun keng istiqbollarni ko‘rayotganini bildirdi.

“MY5” telekanali yangiliklar dasturi boshlovchisi Dilshod Mamaturdiyev Guanchjou shahri ommaviy axborot vositalarida ilg‘or texnologiyalar qo‘llanilayotganidan xursand ekanligini ta’kidladi.

“Biz bilamizki, Xitoy dunyoda  ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish markaziga aylangan. Ayniqsa, o‘zim faoliyat yuritayotgan sohada bu yutuqlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rish quvonarli”, - dedi u.

Delegatsiyaning Guanchjou shahridagi tashrifi davom etmoqda. Bu yerdan jurnalistlar Katta ko‘rfaz hududida keyingi kashfiyotlarni ko‘rish uchun Chjuxay va Shenchjen shaharlariga boradilar.