Shinjon go‘zalligi,moda va an‘analari obyektiv nigohida

05.06.2024 00:00 IPAK YO‘LI 5

vyshivka_1

Chen Pin Shinjonning Chapchal-Sibo muxtor tumanida yashovchi kashtachi. Uning ushbu hunarga mehri onasidan o‘tgan. Universitetni tugatgach, u go‘zallik  yo‘nalishida ishladi. 2014-yilda u o‘z tumanida kashtachilik kooperativiga asos solgan va  “Xinjiang Xi Guniang” brendini tashkil qildi.

Hunarmand qozoq, sibo va boshqa milliy madaniyat elementlarini o‘zida jamlagan, noyob mahsulotlar yaratdi. Biznesni boshlashning dastlabki bosqichlarida juda ko‘p qiyinchiliklar mavjud edi, ya’ni rang va naqshlarning to‘g‘ri palitrasini tanlash muhim sanalardi. Ko‘p sinov va tinimsiz mehnatdan so'ng, uning mahsulotlari yosh iste'molchilarning, ayniqsa 1990 va 2000-yillarda tug'ilganlarning mehrini qozondi.

Ili-Qozoq avtonom okrugida o‘tkazilgan ilk qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi mehmonlariga uning kashmir ro‘moli juda ham yoqdi. Hunarmand bunga qozog‘istonlik xaridorlardan buyurtma olgan.

Bugungi kunga qadar Chen Pin va uning jamoasi 300 dan ortiq turdagi kashta tikilgan mahsulotlar, jumladan, milliy libos, mebel va boshqa mahsulotlarni loyihalashtirishga ulgurdi. U o'z mahsulotlarini xalqaro bozorda targ'ib qilish uchun ularning sifatini oshirish va Xitoyning an'anaviy madaniyatini yoyish maqsadida onlayn va oflayn rejimda birlashtirilgan savdo modelidan foydalanadi.

Chen Pinning kashtasi nafaqat uning ona shahri va hunarmandchiligiga bo‘lgan mehrini namoyon etadi, balki mahalliy aholiga iqtisodiy foyda keltiradi.