ShHT davlat rahbarlari Ostonadagi sammitga tayyorlanmoqdalar

06.06.2024 00:00 IPAK YO‘LI 5

cc4db5c2055e3d44c69da226c2f14fe2

Forumda kuzatuvchi davlatlar rahbarlari va muloqot boʻyicha hamkorlar ishtirok etishi kutilmoqda

Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) davlat rahbarlari 3-4-iyul kunlari Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan bo‘lajak sammitda siyosat, savdo va madaniyat masalalarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To'qayev matbuot xizmati xabar berdi.

“2024-yilning 3-4-iyul kunlari Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining sammiti bo‘lib o‘tadi. ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning keng ko‘lamli dolzarb masalalarini ko‘rib chiqadilar”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, forumda kuzatuvchi davlatlar rahbarlari va muloqot boʻyicha hamkorlar ishtirok etishi kutilmoqda.