Joriy yilning 6 iyun kuni Pekin shahrida Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi bo‘yicha hukumatlararo bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shu munosabat bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hujjat imzolangani bilan videoaloqa orqali tabrik yo‘lladilar.
Si Szinpin “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li Xitoyning Markaziy Osiyo bilan o‘zaro bog‘lanishini ta’minlovchi strategik loyiha, shuningdek, “Bir makon, bir yo‘l” loyihasini birgalikda qurishda uch mamlakat hamkorligining muhim misoli ekanligini ta’kidladi. Hukumatlararo bitimning imzolanishi “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi, uning qurilishini konsepsiyadan haqiqatga aylantiradi hamda xalqaro hamjamiyatga uch davlatning birgalikda rivojlanishga intilishiga, hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qat’iyatini namoyon etadi. Xitoy Qirg‘iziston va O‘zbekiston bilan loyiha doirasidagi qurilish ishlarini boshlashga tayyorgarlik ko‘rishga hamda uch mamlakat va ularning xalqiga foyda keltiradigan ushbu strategik yo‘lakni tezkorlik bilan barpo qilish bo‘yicha birgalikda sa’y-harakatlarni amalga oshirishga tayyor.
Sadir Japarov “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi doirasidagi hamkorlikda uch davlat qurilishi doirasidagi eng muhim loyiha ekanligini ta’kidladi. Qurilishi tugallangach, u Osiyo, Yevropa va Fors ko‘rfazi mamlakatlarini bog‘lovchi yangi transport arteriyasiga aylanadi va u bo‘ylab joylashgan davlatlar va butun mintaqa o‘rtasida aloqalarni rivojlantirish va savdo-iqtisodiy almashinuvni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Sadir Japarov mintaqani birgalikda rivojlantirish va xalq farovonligini oshirishga yangi sur’at bag‘ishlash maqsadida “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi tezroq yakunlanishi va foydalanishga topshirilishiga umid bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev bugungi marosim tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, mintaqada o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash yo‘lidagi amaliy qadam ekanini ta’kidladi. “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li Chin yurtini Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘lovchi eng qisqa quruqlik yo‘lagiga aylanadi, Janubiy Osiyo va Yaqin Sharqdagi yirik bozorlarga yo‘l ochadi, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek loyiha mintaqa, Xitoy va barcha mamlakatlarning uzoq muddatli manfaatlariga javob beradigan davlatlararo do'stona munosabatlarni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi Qashg‘ar shahridan boshlanib, Qirg‘iziston orqali O‘zbekistonga yetib boradi. Kelajakda u Gʻarbiy va Janubiy Osiyo yoʻnalishlari boʻyicha kengaytirilishi mumkin. Loyiha qurilishi yakunlangach, uch mamlakat o‘rtasidagi aloqani sezilarli darajada rivojlanadi va mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni tezlashtiradi.