Ajdaho qayiqlari poygasi - bu Xitoyda paydo bo'lgan va ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan an'anaviy suv sporti sanaladi.
Har bir ajdar shaklidagi qayiqda ritmni o‘rnatadigan va ekipajning ruhiyatini ko‘taradigan nog‘orachi bor. Yana bir inson qayiqni boshqaradi, eshkakchilar esa nog‘ora chalinishiga mos ravishda eshkak eshishadi.
Poyga nafaqat sport musobaqasi, balki Xitoydagi ajdaho qayiqlari poygasi festivalining (Duan'u) muhim qismidir. Hozirgi kunda ajdaho qayiq musobaqalari nafaqat Xitoyda, balki ko‘plab xorijiy mamlakat va mintaqalarda tobora ommalashib bormoqda.
Musobaqaga qanday tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, poyganing ajoyib lahzalari bilan quyidagi videoda tanishishingiz mumkin.