BYD Turkiyada zavod ochadi

09.07.2024 00:00 IPAK YO‘LI 5

LB39gpwjpQYF_erYWO2VFdRK0nVv4QvW

foto: Turkiya sanoat va texnologiyalar vazirligi 

Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mehmet Fotih Kaji rva Xitoyning BYD kompaniyasi raisi Chuanfu Vang Do‘lmabog‘cha ishchi ofisida Rajab Toyyib Erdo‘g‘an shafeligi ostida investitsion kelishuv imzolashdi

Kutilishicha, kelishuv doirasida jahonning eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisi 1 mlrd dollar evaziga Turkiyada yiliga 150 ming dona elektromobil va hibrid mashinasi ishlab chiqaruvchi zavol quradi. 

Obektda 5 minggacha bo‘lgan kshi bevosita ish bilan ta’minlanishi rejalashtirilmoqda.

Zavol 2026 yilda mamlakatning g‘arbida joylashgan Manisa viloyatida ishga tushiriladi. Bundan tashqari, barqaror mobillik texnologiyalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot markazini ham barpo etish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz: Turkiya hukumati iyun oyida Xitoyda ishlab chiqarilgan ichki yonuv dvigatelli va hibrid avtomobillarga 40 foizlik bojxona bojlari joriy etilganini e’lon qilgan edi. Qonunga ko‘ra, bunday bojlar faqat Xitoyda ishlab chiqarilgan avtomobillargagina joriy etiladi.

Shu sababli Xitoyning Chery kompaniyasi ham Turkiyada zavod ochishga qaror qilgan. Xitoy avto ishlab chiqaruvchilari shu yo‘l bilan eksport bojlaridan qochishga urinishmoqda.