Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari an'anaviy tibbiyot sohasida hamkorlikda sezilarli yutuqlarga erishdi
Uzoq vaqt davomida Shinjon (XXR) va Markaziy Osiyo mamlakatlari an’anaviy xitoy tabobati, tibbiy ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida uzoq muddatli hamkorlik mexanizmini yaratmoqda. O‘z navbatida, bu sa'y harakatlar o‘z mevasini berishga ulgurdi.
Joriy yilning 28-iyun kuni Urumchi shahrida bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” forumida ma’lum bo‘lishicha, an’anaviy xitoy tabobati dunyoning 190 dan ortiq mamlakat va mintaqalariga tarqaldi. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotiga a'zo 113 davlat akupunkturni tan oladi va qo‘llaydi.
Shinjonlik mutaxassislar tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlarida 5 ta xalqaro hamkorlik laboratoriyalari, shuningdek, Xitoy Fan va texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Bir makon – bir yoʻl” qoʻshma laboratoriyasi tashkil etildi.
Oltita mashhur Shinjon an'anaviy xitoy tabobati dori vositalari roʻyxatdan oʻtish guvohnomalarini oldi va Oʻzbekiston va Qozogʻistonda sotuvga qoʻyildi, bu esa mintaqa mamlakatlariga Shinjon dori vositalarini keng miqyosda yetkazib berishni muvaffaqiyatli yoʻlga qoʻyish imkonini beradi.