foto:review.uz
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston yo‘nalishi boshqa maqsadli bozorlarga mo‘ljallangan va Yevrosiyo makonidagi mavjud yo‘laklarga raqobatchi bo‘la olmaydi. Bu haqda Yevrosiyo taraqqiyot banki (YTB) hisobotiga tayanib, “Tazabek.kg” xabar berdi.
Tahlilchilarning fikricha, loyiha Rossiya Trans-Sibir temiryo‘li va Xitoydan Qozog‘iston orqali o‘tadigan temiryo‘l koridoriga raqobatchi bo‘lmaydi.
Foto: YTB
Temiryo‘l yo‘nalishi Yevrosiyo transport tizimini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalar xaritasida belgilangan. Yuk tashish salohiyati yiliga 7 dan 13 million tonnagacha baholanmoqda va qurilish olti yildan sakkiz yilgacha davom etishi mumkin.
Loyiha doirasidagi temiryo‘l liniyalarining uzunligi 523 kilometrni tashkil etadi – 213 kilometri Xitoy hududi, 260 kilometri Qirg‘iziston, 50 kilometri O‘zbekiston hududidan o‘tadi. 90 ta tunnel, ko‘priklar, mahalliy hamda yuk tashuvchi temiryo‘l stansiyalarini qurish ko‘zda tutilgan.