O'zbekiston sog'liqni saqlash sohasida Xitoy bilan chuqur aloqalar o'rnatmoqda

15.07.2024 00:00 IPAK YO‘LI 5

9b40360b1f1a9759322aae74a596c659

O'zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Shenchjen shahridagi "Snibe" kompaniyasi vitse-prezidenti Lyusi Lyu bilan muzokara o'tkazishdi

Muloqot chog'ida "Snibe" kompaniyasining O'zbekiston hududlari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida xizmat markazini ochish hamda soha mutaxassislari uchun trening va seminarlar tashkil etish istiqbollari muhokama qildilar.

Vitse-prezidenti Lyusi Lyu O'zbekiston va Xitoy o'rtasida har tomonlama aloqalar rivojlanib borayotganini qayd etdi. Uning aytishicha, kompaniya O'zbekistondagi faoliyatini kengaytirish orqali Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bozoriga kirishni rejalashtirmoqda.

O'z navbatida, O'zbekiston Bosh konsuli sog'liqni saqlash sohasida "Snibe" kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar uchun kompaniya rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.

"Snibe" 1995-yilda Shenchjen shahrining Milliy biologik sanoat parkida tashkil etilgan. U klinik laboratoriya asboblari va in-vitro diagnostika reagentlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bio-tibbiyot kompaniyasi hisoblanadi. Ushbu kompaniya joriy yil yanvar oyida o'tkazilgan "O'zbekiston-Xitoy" investitsiya forumida faol ishtirok etgan, shuningdek, mamlakatimizdagi davlat va xususiy tibbiyot laboratoriyalari bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'ygan.