Xitoyning “Exlantix” avtomobil brendi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda.
“Exlantix” “Exeed” tarkibiga kiruvchi brend bo‘lib, faqat elektromobillar ishlab chiqarishga qaratilgan.
Xitoy brendi O‘zbekistondagi birinchi dilerlik markazini 2024-yil oxirigacha Toshkentda ochishi kutilmoqda. Birinchi bosqichda ES sedani taqdim etiladi.
“O‘zbekiston muqobil energiya sohasini faol qo‘llab-quvvatlamoqda va biz ham mamlakatga eng yaxshi mahsulot va xizmatlarni taqdim etmoqchimiz”, — deydi “Exeed Uzbekistan” direktori o‘rinbosari Guo Yanlan.
Hozirda mamlakatdagi uchtadan ortiq distribyutorlar bilan hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda. Mamlakat bozoriga qanday kirish borasida o‘rganishlar olib borib, mijozlar fikri asosida qaror qabul qilinadi.