Samarqand viloyati delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Xitoyga tashrif buyurdi

25.07.2024 00:00 IPAK YO‘LI 7

photo_2024-07-23_12-38-07

Samarqand viloyati delegatsiyasi Shinjion-uyg‘ur avtonom rayonidagi yirik kompaniyalar faoliyati bilan tanishmoqda.

Urumchi shahrida ShUAR va Samarqand viloyati tadbirkorlari o‘rtasida biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Unda dastlab ishtirokchilarga Samarqand viloyatining investitsion jozibadorligi taqdimot qilindi.

Samarqand viloyati va Gifu prefekturasi o‘rtasida iqtisodiyot, turizm, ta'lim, madaniy meros va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Delegatsiyaning navbatdagi manzili Guandun provinsiyasi bo‘ldi.

photo_2024-07-22_15-33-35

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Guandun provinsiyasi Xalq majlisi doimiy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Chjan Shofu o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Tomonlar O‘zbekiston va Xitoy davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari tufayli o‘tgan yillar davomida ikki tomonlama aloqlar rivojlanayotganligini ta’kidladilar.

Barcha darajadagi aloqalar dinamikasi oshib borayotgani, siyosiy muloqot va muhim masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik mustahkamlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan ko‘plab sohalarda hududlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

photo_2024-07-22_14-45-20

Erkinjon Turdimov Xitoyning yetakchi ommaviy axborot vositalaridan biri bo‘lgan InXinjiang media korporatsiyasining “Xinjiang Daily” ko‘rsatuvida Xitoy va Samarqand hamkorligi jadallashuviga qaysi omillar turtki bo‘layotganligi, Samarqandning investitsoin jozibadorligi va yangi istiqbolli rejalar haqida ma‘lumot berdi.

Intervyu davomida ikki millat do‘stligini mustahkamlashda xalq diplomatiyasining ahamiyati haqida ham so‘z yuritildi.

photo_2024-07-23_09-02-48

Ayni paytda Xitoyning Guanchjou shahrida Samarqand viloyati va Guandun muzofoti tadbirkorlarining Iqtisodiy hamkorlik biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Forum ishida viloyat rahbari Erkinjon Turdimov ishtirok etib, o‘z nutqida xitoylik investorlarni Samarqandga investitsiya kiritgan holda tadbirkorlik qilishga chaqirdi.


photo_2024-07-25_07-53-46