Xitoyning Yunnan provinsiyasida rangli platformalar va musiqiy chiqishlar paradi bilan Hualian-2024 festivali rasman ochildi. Bayram, shuningdek, bo‘yalgan yuzlar festivali, deb ham ataladi. Bu Yunnan provinsiyasining noyob an‘anaviy bayramidir. Festival omadni jalb qilish uchun yuzlarga qora bo‘yoq bo‘yash kabi qadimiy odatia asoslangan. Har yili tadbirda minglab odamlar ishtirok etadi. Mahalliy aholining ishonishicha: yuz qanchalik qora bo'lsa, omad shunchalik ko‘p bo‘ladi.