Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 28,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 37 ming tonna mosh eksport qilgan.
Eng ko‘p eksport Xitoyga amalga oshirilgan. Joriy davrda O‘zbekiston Xitoyga 34,3 ming tonna mosh eksport qilgan.
2024-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston eng ko‘p mosh eksport qilgan keyingi davlatlar:
— Rossiya – 0,7 ming tonna;
— Niderlandiya – 0,5 ming tonna;
— Iroq – 0,3 ming tonna;
— Boshqa davlatlar – 1,2 ming tonna.
