Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik instituti joriy yilning 27-28 avgust kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida sakkizinchi MOMIH tahlil markazlarini rivojlantirish forumi bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
Ritz-Carlton mehmonxonasida boʻlib oʻtadigan bu yilgi forum “Iqlim muammosi: jamoaviy harakatlar uchun chegaradan tashqari fikrlash” mavzusiga bagʻishlanadi va iqlim boʻyicha mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun Osiyo boʻylab siyosatchilar, ekspertlar va yetakchilarni birlashtiradi.
Tadbirni MOMIH (Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik) instituti direktori, Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti va Qozog‘iston Milliy iqtisodiyot vazirligining mas’ul vakili ochib beradi.
Sessiyalarda global iqlim tashabbuslari, iqlimni inklyuziv boshqarish, barqaror rivojlanish va innovatsion iqlim texnologiyalari masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, Osiyodagi iqlim muammolarini hal qilishga qaratilgan mamlakatlar va mintaqaviy strategiyalardan aniq misollar keltiriladi.
MOMIHga aʼzo mamlakatlar tahlil markazlarining iqlim boʻyicha yechimlarni tezlashtirishga qaratilgan soʻnggi tadqiqotlari taqdimotlari boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar tajriba almashish uchun fikr yetakchilari va siyosatchilar bilan bog‘lanishlari mumkin bo‘ladi.
Forum doirasida, shuningdek, MOMIH mintaqasida iqlim barqarorligini mustahkamlash bo‘yicha muloqotni rivojlantirish va amaliy strategiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan taqdimotlar, muhokamalar, amaliy tadqiqot va interfaol sessiyalar o‘tkaziladi.
MOMIH instituti MOMIH dasturining asosiy ilmiy va tadqiqot markazi hisoblanadi. U 11 ishtirokchi davlat tomonidan birgalikda boshqariladi va Urumchi (XXR) shahrida joylashgan.
Institut dalillarga asoslangan tadqiqotlar, salohiyatni oshirish va bilimlarni tarqatish orqali barqaror rivojlanishga e'tibor qaratadi. Mintaqaviy hamkorlik va integratsiyani rag'batlantirish orqali Institut MOMIH mintaqasida iqtisodiy o‘sishni va umumiy farovonlikni rag‘batlantiradigan amaliy yechimlarni ishlab chiqishga yordam beradi.
Forum boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotni MOMIH institutidan km@careinstitute.org elektron pochtasi orqali olish mumkin