O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida madaniy boyliklarni to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi

14.09.2024 00:00 IPAK YO‘LI 4

O'zbekiston-Xitoy

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-322-son, 12.09.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, O'zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumatlari o'rtasida madaniy boyliklarni o'g'irlash, yashirin qazish va noqonuniy olib kirish va olib chiqishning oldini olish to'g'risidagi Bitim tasdiqlandi.

Bitim, 2024-yil 24-yanvar kuni Pekin shahrida imzolangan.

Madaniy meros agentligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.