Xitoyliklar Toshkent viloyatida maxsus texnologiyalar asosida paxta ekmoqchi. Shu maqsadda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Xitoyning bir guruh ishbilarmon vakillarini qabul qildi.
Dastlab, “Hebei Taiqian Technology Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Yao Guihong tomonidan paxta ekishda oʻziga xos Xitoy texnologiyasi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Uchrashuv davomida qishloq xoʻjaligida zarur boʻladigan uskuna va texnikalar, urugʻ navlarini Xitoydan keltirish, shuningdek, sugʻorish tizimi, yer ajratish, eksport qilish bilan bogʻliq masalalar ham muhokama qilindi. Mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorliklar qilish va koʻplab ish oʻrinlari yaratish borasida ham oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Zoyir Mirzayev mehmonlarga aukson savdolari orqali yoki 30 yilga ijara shartnomasi tuzgan holda, Bekobod, Oqqoʻrgʻon tumanlaridan yer ajratilishini taʼkidladi. Bundan tashqari, eʼtibor yer maydonlarida ekinlarni almashlab ekish, paxtani yetishtirishdan to tayyor mahsulotgacha boʻlgan bosqich, yaʼni, klaster tizimida ishlash taklifi ilgari surildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muloqotni davom yettirish va amaliy hamkorlik yoʻnalishlarini koʻrib chiqishga kelishib oldilar.