Oʻzbekiston va Xitoy atrof-muhit muhofazasi sohasida hamkorlik qiladi

25.09.2024 00:00 IPAK YO‘LI 5

O'zbekiston-Xitoy

Oʻzbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim tasdiqlandi — Prezident Qarori.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirliklar va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.