ShUAR tashkil topgani munosabati bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi

07.10.2024 00:00 IPAK YO‘LI 5

photo_2024-10-06_234004

Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati Xitoyning beshta avtonom tumanlaridan biri bo‘lib, 1955-yil 1-oktyabrda tashkil etilgan.

Qadim zamonlardan beri Shinjonda ko‘plab etnik guruhlar yashab keladi va bu yerda xalqlarning ko‘chishi tez-tez sodir bo‘lgan. 2020-yilda Xitoyda o‘tkazilgan yettinchi milliy aholini ro‘yxatga olishning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Shinjon aholisining umumiy soni 25,85 milliondan oshdi, ulardan 14,93 milliondan ortig‘ini etnik ozchiliklar tashkil qiladi.

Til insonning muloqot va tafakkur vositasi, shuningdek, madaniyat, ilmiy-texnik taraqqiyot va hatto insoniyat sivilizatsiyasining meros va taraqqiyotining muhim tashuvchisidir.

photo_2024-10-06_233931

Shinjon universiteti xitoy tili va adabiyoti kafedrasi mudiri o‘rinbosari Chjan Denkening fikricha, Shinjonda til xilma-xilligi va ko‘plab yozuvlar mavjud. Xitoy hukumati qonunga muvofiq davlat tili va yozuvining tarqalishini targ‘ib qiladi, til va yozuv xilma-xilligini samarali himoya qiladi, bu nafaqat Shinjonning barcha xalqlari fuqarolarining madaniy huquqlarini ta’minlaydi, balki millatlararo muloqotni mustahkamlaydi va rivojlanishiga yordam beradi

Xitoy har doim barcha xalqlarning tili va yozuvini himoya qilishga katta ahamiyat berib keladi. Xitoy Xalq Respublikasining Konstitutsiyasi, XXRning milliy tumanlar avtonomiyasi to‘g‘risidagi qonuni va XXRning davlat tili to‘g‘risidagi qonuni kabi qonunlar har bir xalqning o‘z tili va yozuvidan foydalanish hamda uni rivojlantirish erkinligini ta’minlaydi. Xitoyda barcha xalqlarning tili va yozuvi xilma-xilligi qo'llab- quvvatkanadi va barcha xalqlarning tili va yozuvi rivojlanadi.