O‘zbekiston elektromobillar bozorida Xitoy butkul yetakchilik qilmoqda

10.10.2024 00:00 IPAK YO‘LI 5

elektromobil

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 166,8 million dollarlik 12 ming 913 ta elektromobil import qilingan. Bu o‘tgan oyga nisbatan 2 ming 371 taga ko‘p.

Eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:

  • Xitoy – 12 ming 840 ta

  • Qozog‘iston – 22 ta

  • Gonkong – 15 ta

  • Germaniya – 12 ta

  • BAA – 10 ta

  • AQSH – 9 ta

2023-yilning yanvar-iyul oylarida 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 217,1 million dollarlik 7 ming 391 ta elektromobil import qilingan. Bu 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 6 ming 84 taga yoki qariyb 6 barobarga oshgan.

2022-yilda qiymati 69,8 million dollarlik 180 dona elektromobil import qilgan. 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1371 taga oshgan.

Elektromobillar importi:

  • 2018-yilda – 13 ta

  • 2019-yilda – 39 ta

  • 2020-yilda – 131 ta