Azgul Uvur teriga rasmlar qadash ya'ni tolali sanʼat yo‘nalishining davomchisi sanaladi.
Uning ishi bir necha asosiy bosqichlardan iborat bo‘lib, terini burish va bo‘yash shular jumlasidandir. Rassom uchun san'at asari yaratiladigan materialni to‘g‘ri tanlash va bilish muhim. Azgul sigir, qoʻy, ot terisidan foydalanadi. U o'z asarlaridan nafaqat vizual, balki o‘ziga xos zavq oladi va ularni jonli tayyorlashga intiladi.
Azgul asarlarini yaxshiroq chiqishi uchun hayvonlarning xulq-atvorini, odatlarini o‘rganadi. U mo'yna uzunligi va uning sifati uchun qat'iy talablarga rioya qilgan holda, kelajakdagi rasmning asosi bo'ladigan materiallarning tuzilishini diqqat bilan tanlaydi.
Ko'pincha u otlarni tasvirlaydi. Azgul o'z asarlarida bu nafis hayvonlarning xarakterini aks ettira oladi, ular bilan chizilgan rasmlar doimo yorqin va esda qolarli bo'ladi.
Quyidagi video shu xususida: