Urganchga Xitoy avtobuslari olib kelindi

14.11.2024 00:00 IPAK YO‘LI 4

91ce1b5d0e38f77d389ddefdf24c83241114

foto: Transport vazirligi

Urganch shahriga Xitoyda ishlab chiqarilgan zamonaviy 30 dona “Zong tong” rusumli avtobuslar keltirildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, shaharda aholiga sifatli jamoat transporti xizmati koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish, harakat tarkibini yangilash, yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida ushbu jamoat transport vositalari “Bunyod yoʻlovchi tashish” MChJ tomonidan olib kelingan.

Korxona tomonidan “Oʻzmilliybank” AJning imtiyozli kreditlari asosida jami 80 dona “Zong tong” rusumli avtobuslarni xarid qilish yuzasidan shartnoma tuzilgan.

“Hozirda loyihaning birinchi bosqichi doirasida 50 dona avtobus xarid qilindi. Tez orada qolgan 20 dona avtobus Urganch shahriga yetib keladi”, deyiladi xabarda.