Eksim banki Toshkentda mintaqaviy vakolatxonasini ochdi

26.11.2024 00:00 IPAK YO‘LI 7

 

060cf9296b5e84a7e0d619a107687557

22-noyabr kuni Toshkent shahrida Xitoy Eksport-import (Eksim) banki vakolatxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vazir o‘rinbosari Ilzat Qosimov Xitoy banki faoliyatini strategik tashabbuslarni amalga oshirishni tezlashtirish va sifatini oshirishda ko‘maklashuvchi moliyaviy hamkor sifatida baholadi.

Eksimbank yordamida mamlakatda kimyo sanoati, energetika, transport, IT, qishloq va suv xo‘jaligi kabi tarmoqlarda umumiy qiymati $3 mlrddan ortiq bo‘lgan 50dan ko‘proq loyiha amalga oshirilgani qayd etildi.

Vakolatxonaning ochilishi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni birgalikda amalga oshirish va O‘zbekiston-Xitoy iqtisodiy hamkorligi salohiyatini ochishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Mintaqaviy ofis bankning 8ta davlat, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston va Gruziyadagi faoliyatini yuritadi.