Markaziy Osiyo va Xitoy davlatlari tashqi ishlar vazirlari Chendu shahrida uchrashuv o‘tkazadi

29.11.2024 00:00 IPAK YO‘LI 7

30-noyabrdan 1-dekabrga qadar Chendu shahrida boʻlib oʻtadigan Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining beshinchi yigʻilishiga Xitoy kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, XXR tashqi ishlar vaziri Van I raislik qiladi. Bu haqda 28-noyabr kuni Xitoy TIV rasmiy vakili Mao Nin an’anaviy brifingda ma’lum qildi.

kitaj_ca_flagi_1

Mao Ninning soʻzlariga koʻra, yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ishtirok etadi.

Tadbirda shuningdek Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari, xususan, Qozogʻistondan Murat Nurtleu, Qirgʻizistondan Jeyenbek Kulubayev, Tojikistondan Sirojiddin Muxriddin, Turkmanistondan Rashid Meredov va ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.