O‘zbekiston fuqarolari Xitoyga 30 kun davomida vizasiz sayohat qilishi mumkin.
Sichuan provnisiyasining ma'muriy markazi sanalgan Chendu shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Bitim imzolandi.
Hujjatni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a'zosi, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I imzoladilar.
Bitimga koʻra, endilikda ikki mamlakat fuqarolari ikki mamlakatga 30 kun davomida vizasiz sayohat qilishi mumkin.
"Bu hujjat aloqalarimizni yanada faollashtirish, savdo aylanmasini oshirish va xalqlar o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish yo'lidagi yana bir muhim qadamdir" deya yozgan Baxtiyor Saidov oʻzining telegram sahifasida.