O‘zbekiston 2024-yilning yanvar—oktyabr oylarida xorijdan qiymati 202,7 mln dollarga 20 190 ta elektromobil import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6 730 taga oshgan.
10 oyda O‘zbekiston eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:
-
Xitoy — 20 082 ta;
-
Qozog‘iston — 51 ta;
-
Gonkong — 17 ta;
-
Germaniya — 14 ta;
-
BAA — 10 ta;
-
AQSH — 10 ta.
Avvalroq O‘zbekistonda o‘tgan yetti yilda elektromobillar importi 10 baravarga oshgani xabar qilingan edi.