2024-yilning oktyabr oyida qurilishi boshlangan “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temiryo‘li uchun yer ajratildi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarov tegishli qarorni imzoladi.
Hujjat Jalolobod shahridagi yer maydonlarini xalqaro loyihani amalga oshirish uchun transformatsiya qilishni tartibga soladi.
Qarorda qishloq xo‘jaligi va suv fondi toifalaridan 44,29 gektar yerni “sanoat, transport, aloqa, energetika, mudofaa va boshqa maqsadlardagi yerlar” toifasiga o‘tkazish nazarda tutilgan. Jumladan:
- 36,55 gektar sug‘oriladigan ekin maydonlari;
- 7,54 gektar lalmikor yer;
- 0,2 gektar botqoqlar.
Jalolobod shahar hokimligiga yer uchastkalarini ro‘yxatga olish hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, qishloq xo‘jaligi yerlari davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xususiy mulkdagi yer maydonlarini ekvivalent yer uchastkalariga almashtirishni ta’minlash, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik hujjatlarini tasdiqlash topshirilgan. Yerlardan noto‘g‘ri foydalanilgan yoki o‘zlashtirilmagan taqdirda, ularni olib qo‘yish ta’minlanadi.