«Silk Road Energy Planning and Engineering” qo‘shma korxonasi tashkil etildi

14.12.2024 00:00 IPAK YO‘LI 6

97cef5adcc390e06a837f1decf3469de

Poytaxtda “O’zenergoinjiniring” AJ va China Energy Power Planning and Engineering Institute (EPPEI) tomonidan ushbu qo‘shma korxona faoliyatini boshlashi munosabati bilan taqdimot marosimi o‘tkazildi. Unda vazirlik va idoralar vakillari, xalqaro hamda mahalliy hamkorlar ishtirok etdi.

Xitoyning ushbu sohadagi yirik muhandislik markazlaridan biri – China Energy Power Planning and Engineering Institute (EPPEI) bo‘lib, u Xitoy energetika tizimini rivojlantirish, QTEMni joriy etish va raqamlashtirish bo‘yicha davlat strategiyalarini ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, EPPEI Malayziya, Braziliya, Filippin, Laos, Mo‘g‘uliston va boshqa mamlakatlarda ham samarali tajribaga ega.  

Xalqaro ilg‘or tajribalarni O‘zbekistonda tatbiq etish maqsadida EPPEI va “O’zenergoinjiniring” AJ o‘rtasida «Silk Road Energy Planning and Engineering” qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Ushbu korxona O‘zbekiston hukumati uchun jahon standartlariga mos energetika rivojlanish strategiya va rejalarini ishlab chiqishda yordam ko‘rsatadi. Bunda QTEM (quyosh, shamol) energiya saqlash qurilmalari, an’anaviy energiya manbalari (issiqlik, gidro) quvvatlari va turlarini aholi va iqtisodiyot ehtiyojlari, elektr tarmoqlari imkoniyatlari, tabiiy va boshqa resurslarni hisobga olgan holda xalqaro amaliyot va mahalliy sharoitlardan kelib chiqib aniqlashga ko‘maklashadi. Shuningdek, qo‘shma korxona elektr tarmoqlarini raqamlashtirish jarayonlarida ham faol ishtirok etishni maqsad qilgan.