Xitoyning ShHTga raisligi davridagi logotip taqdim qilindi

02.01.2025 00:00 IPAK YO‘LI 6

Joriy yilning 2 yanvar kuni Xitoyning Shanxay hamkorlik tashkilotiga 2024-2025 yillarga raisligi davridagi logotipi taqdim etildi.

photo_2025-01-02_161354

Dumaloq logotipning o‘rtasida ShHT emblemasi joylashgan bo‘lib, uning atrofida Xitoy raisligining shiori uch tilda – xitoy, rus va ingliz tillarida yozilgan: “Shanxay ruhini targ‘ib qilish: ShHT harakatda”.

Logotipning cheti an'anaviy xitoylik Kuylun ajdaho dizayni bilan bezatilgan bo‘lib, u ko‘pincha Chunsyu va Chjango davrlaridagi bronzalarda uchraydi.

Qadimgi Xitoy madaniyatiga ko‘ra, bu naqshlarning shakllari umid va uzluksiz taraqqiyotni, ularning tuproqdek va tillarang tuslari esa ShHTning unumdor tuproqda ildiz otgani va kelajagi porloq ekani, tashkilotning qat’iyat va hayotiy kuchga to‘laligidan dalolat beradi.

Xitoy TIV rasmiy vakili Mao Nin logotip taqdimotini sharhlar ekan, joriy yilda mamlakatning ShHTga raisligi doirasida rejalashtirilgan tadbirlar haqida so‘zlab berdi.

2024-yil iyul oyi boshida Xitoy 2024-2025-yillarda ShHTga raislikni qabul qildi va 2025-yilda ShHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining 25-yigʻilishiga mezbonlik qiladi. Xitoy beshinchi marta tashkilotning navbatdagi raisi bo‘ldi.