14-yanvar kuni Xitoyning CCTV-6 telekanalida "Shanxay Guli" komediya filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Filmda Shinjonning janubiy qismidagi novvoylar oilasining merosxo‘ri aktyor Mi Re rolini o‘ynagan yosh yigitning voqeasi hikoya qilinadi. U oilaviy ishini davom ettirishni istamaydi va musiqachi bo‘lish orzusida Shanxayga boradi. Bu yerda yigit Xe Xunshan rolini ijro etuvchi qizni uchratadi, uning ota-onasi bir vaqtlar Shinjon rivojlanishiga yordam berishga yo‘naltirilgan programma mutaxassislari bo‘lgan. Ular o‘rtasida his-tuyg‘u paydo bo‘ldi.
Film nafaqat ikki oshiqning romantik munosabatlari haqida hikoya qiladi, balki ShUARning go‘zal tabiati va boy madaniyatini ham ko‘rsatadi. Film yaratuvchilari, shinjon taomlari sahnalarining ko‘pligidan tomoshabinlarning albatta ishtahalari karnay bo'ladi, deb hazil qilishadi. Surat Shanxay Shinjonni qo‘llab-quvvatlashining ahamiyatini ko‘rsatadi, megapolis va mintaqa o‘rtasidagi birodarlikga e’tibor qaratadi