Joriy yilning 19-yanvar kuni soat 15:00 da Tashkent City Mall savdo majmuasining birinchi qavatida Xitoy Yangi yili va yaqinlashib kelayotgan Ilon yiliga bag‘ishlangan yorqin flesh-mob va madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan tadbir mehmonlari Xitoy madaniyati muhitiga sho‘ng‘ishlari mumkin: xalq musiqasini tinglash, sher raqslari va jang san’ati ustalarining chiqishlarini tomosha qilishi imkoni mavjud bo‘ladi.
Bundan tashqari, festival doirasida qog‘oz kesish, xattotlik, choy ichish marosimi, yuqori texnologiyali gadjetlar bilan o‘yinlar bo‘yicha mahorat darslari ham o‘tkaziladi.
Bayramda har kim ishtirok etishi mumkin.