Huawei AKT Akademiyasining "aqlli sinf"i ochildi

20.01.2025 00:00 IPAK YO‘LI 6

B29fmuIcmuSjmMSJMTCGm3EyOb8pWuGhzKliCDI7

2025-yil 17-yanvar kuni "Yangi O'zbekiston" universitetida "aqlli" ta'lim (Smart Classroom) konsepsiyasi asosida Huawei AKT Akademiyasining  o'quv kabinetining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbir Huawei ICT Academy dasturi doirasida kompaniya va universitet hamkorligini mustahkamlashda muhim bosqich, shuningdek, O'zbekistonda AKT ta'limini targ'ib qilish va raqamli kadrlar tayyorlashga qo'shgan umumiy hissasi hisoblanadi.

"Yangi O'zbekiston" universitetida 2024-yilda "Fidoyi xizmatlari" taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Huawei kompaniyasi universitet hamkori sifatida malakali AKT kadrlarini tayyorlashga qo'shgan hissasi va universitet talabalari uchun ta'lim tashabbuslarini ilgari surishda hamkorlik qilgani uchun taqdirlandi.Marosimda vazir Xilola Umarova, "Yangi O'zbekiston" Universitetining innovatsiyalar va tadqiqotlar bo'yicha prorektori Baxtiyor Yuldashev, Huawei kompaniyasining O'zbekistondagi direktor o'rinbosari Xe Chjiyuan ishtirok etdilar.

Tadbir yakunida raqamli ta'lim yechimi asosida Huawei AKT Akademiyasining "aqlli sinf"ining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Yangi "aqlli sinf" - bu Huawei raqamli ekotizimi bilan jihozlangan zamonaviy o'quv xonasi bo'lib, talabalar uchun gibrid, hamkorlikdagi va integratsiyalashgan ta'lim modelini yaratadi. Sinf, birinchi navbatda, Huawei ICT Academy doirasida o'rganish uchun mavjud bo'lgan AKT yo'nalishlari bo'yicha darslar, ma'ruzalar va laboratoriya ishlarini olib borish uchun ishlatiladi, bu esa talabalarga eng zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda bilim olish va raqamli ko'nikmalarini oshirish imkonini beradi.

2022 yildan boshlab "Yangi O'zbekiston" universiteti va Huawei AKT Akademiyasining dasturi doirasida o'z o'qituvchilarini Huawei innovatsion yechimlari bo'yicha malaka oshirish va sertifikatlash orqali faol hamkorlik qilib kelmoqda. "Yangi O'zbekiston" universiteti talabalari uchun Akademiyaning Sun'iy Intellekt, 5G, bulutli hisoblash va boshqa ilg'or texnologiyalar bo'yicha AKT kurslariga kirish imkoniyati mavjud. 2023 va 2024 yillarda universitet talabalari “Seeds for The Future” global ta'lim dasturida ham ishtirok etib, unda ular o'z yutuqlarini namoyish etishdi va AKT sohasidagi yirik mahalliy va xalqaro tadbirlarda qatnashishdi.

AKT Akademiyasi - bu Huawei kompaniyasining global ta'lim tashabbusi bo'lib, u butun dunyo bo'ylab ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qilish orqali AKT talabalari va mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan. O'zbekistonda kompaniyaning AKT Akademiyalari 15 ta Oliy o'quv yurtida ochilgan. Huawei AKT Akademiyasida tahsil olayotgan talabalar uchun bozorda raqobatbardoshligini oshirish, AKT sohasida muvaffaqiyatli martaba qurish, shuningdek, har yili o'tkaziladigan Huawei ICT Competition tanlovida o'z mahoratini namoyish etish imkoniyatlari bor.