Xitoy kompaniyasi ishtirokida kichik GESlar qurilishi rejalashtirilmoqda

21.01.2025 00:00 IPAK YO‘LI 8

40704cb436eddac1eda5d2dae9daf55e

Ayni vaqtda Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turgan Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyev Tyanszin shahrida "Tianjin Pump Machinery Group" hamda "Tianjin Baili Equipment Group" korxonalari rahbarlari bilan uchrashuvda shunday kelishuvga erishdi.

Xitoydagi gidronasos va generatorlar ishlab chiqaruvchi eng yirik korxonalardan biri bo‘lgan "Tianjin Baili Equipment Group" kompaniyasi raisi Vu Jeyjun boshchiligidagi boshqaruv kengashi aʼzolari bilan muzokaralar chog‘ida hamkorlikda ishchi guruh tashkil etib, mini GESlar qurish uchun mavjud imkoniyatlarni o‘rganish va loyihalar ishlab chiqish, quyosh panellari orqali ishlaydigan suv nasoslari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, quyosh va shamol stansiyalari uchun generator va ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish masalalari muhokama etildi.  

Davlat sherikchiligida tashkil etilgan kompaniyada elektr energiyasini olish jarayonida zarur bo‘lgan barcha uskuna va texnologiyalar ishlab chiqariladi va  butun mamlakatdagi  loyihalarning 20 foizidan ortig‘i amalga oshiriladi.