Samarqandda bahor bayrami nishonlandi - foto

30.01.2025 00:00 IPAK YO‘LI 8

ng_samarkand


Samarqand xalqaro texnologiya universitetida Oy taqvimi bo‘yicha yangi yil kirib kelishi munosabati bilan "Samarkand Lunar Fest" bayrami bo‘lib o‘tdi.

ng_samarkand_2


Tadbir universitet qoshidagi Xitoy energetika instituti tomonidan tashkil etildi. Shimoli-Sharqiy elektr energetika universiteti (XXR) rahbariyati texnologik universitet o‘qituvchilari va talabalariga tabrik yo‘llab, samarali hamkorlikni qayd etdi.

ng_samarkand_1

Bayram dasturida Samarqand davlat chet tillar instituti qoshida faoliyat yuritayotgan Konfutsiy instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi. Tadbirda Samarqanddagi "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari ham ishtirok etdi.

ng_samarkand_3