Xarbin shahrida IX qishki Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

08.02.2025 00:00 IPAK YO‘LI 9

Xitoy Xalq Respublikasining Xarbin shahrida zamonaviy texnologiyalar va mintaqaning madaniy an’analarini o‘zida mujassam etgan holda IX qishki Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

d444c1f7d4374a5db9b75c1664af30ed (1)

Foto: CGTN

photo_2025-02-07_22-23-13

Foto: @Olympcuz

Musobaqaning rasman ochilishini Xitoy rahbari Si Szinpin o‘z nutqida rasman e’lon qildi.

Osiyo o‘yinlarida qit’amizning 34 davlatidan 1000 dan ortiq sportchi ishtirok etadi. Xarbin shahriga O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z tarixidagi eng katta tarkib bilan keldi.

Bu o‘yinlarda mamlakatimiz sharafini 6 sport turida 24 nafar atlet himoya qiladi. Chang‘i alpinizmi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Jasur Shamsiddinov hamda Feruza Boboqulova Xarbin-2025 qishki Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida delegatsiyamiz bayroqdori bo‘lishdi.

photo_2025-02-07_22-23-11 (2)

Foto: @Olympcuz

Tadbirda OOK vitse-prezidenti, Oʻzbekiston MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov va Ijtimoiy himoya agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva ishtirok etdi.

photo_2025-02-07_22-23-11

Foto: @Olympcuz

 

Avvalroq 2022-yilgi Pekin Olimpiadasi va 2022-yilgi Xanchjoudagi Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimlaridagi faoliyati bilan tanilgan Sha Syaolan tadbir bosh rejissyori bo‘ldi.

Marosimda har bir bob maxsus raqam bilan boshlandi. Ta’sirchan vizual effektlarga erishish uchun interfaol tasvirlar, sun’iy intellekt ishlatilib, bunga 1000 dan ortiq kishi jalb qilindi.

photo_2025-02-07_22-23-11 (3)

Foto: @Olympcuz

Ko‘plab tasvir va elementlar Xitoyda qishki sport turlarining "hayotini" namoyish etdi.
O‘yinlarning rasmiy madhiyasi Van Pinszyu tomonidan yozilgan "Xarbindagi qor" qo‘shig‘i edi. Musiqa Chan Shiley tomonidan ishlab chiqildi. Kompozisiyada Osiyo xalqlarining birdamlik va birgalikda taraqqiyotga intilishi aks etgan.

Bayram tantanasi 2025 yilgi Osiyo o‘yinlari alangasini yoqish bilan yakunlandi.