Lyangyangandan Toshkentga 2300 dan ortiq tovar poyezdlari keldi

11.02.2025 00:00 IPAK YO‘LI 8

lyanyungan

2024-yil oxiri holatiga ko‘ra, Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston  xalqaro yuk tashish yo‘nalishi bo‘yicha Szyansu provinsiyasining Lyanyungan shahrida joylashgan SHHT Xalqaro logistika parki orqali 2 320 ta yuk poyezdi o‘tdi, deyilgan shahar hukumati saytida.

Yuqoridagi yo‘nalish bo‘yicha tashilgan standart konteynerlarning umumiy soni (yigirma fut ekvivalenti, TEU) 4 640 taga yetdi. Qiymat jihatidan tashilgan tovarlar hajmi 100 million dollardan oshdi, bu SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston logistika yo‘lagini kengaytirishga samarali hissa qo‘shdi.

2022-yil 13-oktyabrda ushbu logistika parkidan Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston multimodal xalqaro yuk tashuvlari doirasida birinchi yuk poyezdi yo‘lga chiqdi.