foto: Harbin 2025
Xarbin-2025 qishki Osiyo o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Ushbu musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonliklar yakunda medallar jamg‘arish bo‘yicha kuchli beshlikdan o‘rin oldi
Oxirgi kungi bellashuvlarda o‘zbekistonlik figurali uchish bo‘yicha sportchilar Niginabonu Jamoliddinova hamda Sevinch Rahimova muzga chiqdi. Yakunda Jamoliddinova 17, Rahimova esa 22-pog‘onani egalladi.
Shunday qilib, 1 ta oltin medalga ega O‘zbekiston jamoasi musobaqalarni umumjamoa hisobida Filippin bilan birgalikda 5-o‘rinda yakunladi. 83 ta medalga ega chiqqan mezbon Xitoy umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikdan Janubiy Koreya va Yaponiya jamoalari o‘rin oldi
Qo‘shni Qozog‘iston delegatsiyasi 18 ta medal jamg‘arib jadvalda to‘rtinchi bo‘ldi.