“Yutong” tenderda g‘olib bo‘ldi

20.02.2025 00:00 IPAK YO‘LI 5

avtobus, yutong

"O‘zbekiston - 2030" strategiyasining "Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi" doirasida iqlim o‘zgarishiga moslashish, uglerod neytralligiga erishish, “yashil loyihalar”ni amalga oshirish maqsadida hamda O‘zbekiston prezidentining va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq, Toshkent shahri jamoat transportini rivojlantirish yo‘nalishida 2025-yilda 200 dona elektrobuslar va ular uchun quvvatlash uskunalari xaridi loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur xaridlarni amalga oshirish maqsadida, o‘tkazilgan tenderda Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan taklif etilgan uchta kompaniya - “BYD Auto Industry Co., Ltd.”, “YUTONG BUS Co., Ltd.” va “ZHONGTONG BUS HOLDING Co., Ltd.” ishtirok etdi.

“Toshshahartransxizmat” AJ harakat tarkibini yangilash maqsadida o‘tkazilgan tanlov natijalari bo‘yicha takliflari qo‘yilgan talablarga to‘liq javob bera olgan kompaniya sifatida “YUTONG BUS Co., Ltd.” kompaniyasi aniqlandi hamda "Xarid komissiyasi"ning qaroriga asosan tanlov g‘olibi deb eʼlon qilindi.