Joriy yilning 7 mart kuni XXR poytaxti Pekin shahrida chin yurti tashqi ishlar vaziri Van I ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Van I Xitoy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining savollariga javob berib, Xitoy tashqi siyosatining asosiy jihatlarini, jumladan, Rossiya, AQSH, Yevropa bilan munosabatlar va global tashabbuslar haqida so‘z yuritdi.
Ushbu tadbirda Xitoy tashqi ishlar vaziri tomonidan ko‘tarilgan masalalar bugungi kunda dunyoda keng muhokama qilinmoqda. Xususan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Muhammadjon Obidov ham o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.
"Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Ining matbuot konferensiyasini katta qiziqish bilan kuzatdim. Bu Xitoyning tashqi siyosati haqidagina emas, balki dunyoning global siyosati va unda XXRning o‘rni haqida edi.
XXR rahbari Si Szinpin rahbarligida 2024 yilda Xitoy tashqi siyosati borasida katta yutuqlarga erishdi. Avvalo Xitoyning tashqi siyosatidagi izchillikni alohida ta’kidlash lozim. U doimo baxsli bo‘lgan AQSHga nisbatan bo‘ladimi, yoki fikrdoshlari SHXT, BRIKS davlatlarimi, xalqaro normalar, kelishuv, o‘zaro manfaatli siyosat birdek saqlab kelinmoqda.
Dunyo siyosati kun sayin o‘zgaryapti. Ammo Xitoy masalan Rossiya kabi strategik hamkoriga nisbatan siyosatini hatto qutiblar o‘zgarayotganida ham saqlab qoldi. Bu XXRga nisbatan ishonchni mustahkamladi.
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I SHXT va BRIKS mamlakatlari bilan bo‘lgan munosabatlari haqida gapirib, biz Si Szinpin aytganidek, raqobatchi davlatlar emas, balki hamkorlarmiz va tashqi siyosatda xalqaro tashkilotlarda bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz, dedi.Xitoy O‘zbekistonga investisiya kiritishda birinchi o‘ringa chiqib olgan. Bu biz uchun juda muhim. Shuningdek, tashqi ishlar vaziri Van I ta’kidlaganidek, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarda Xitoy O‘zbekiston tashabbuslarini quvvatlab kelayotgani tashqi siyosatdagi ikki mamlakat hamfikrligi, hamkorlik g‘oyalariga sodiqligidan darakadir.
Bugun Yevropa, AQSH kabi dunyoda yetakchilik da’vosi bilan chiqayotgan davlatlar tashqi siyosatdagi beqarorlik oldida Xitoyning izchil tashqi siyosati har qanday hurmatga sazovordir.
Matbuot konferensiyasi Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Ining dunyoning yetuk siyosatchilaridan biri ekanini yaqqol ko‘rsatdi", deya qayd etgan taniqli jurnalist.