Shu kunlarda XXRning Urumchi shahrida "2025-yil Shinjon madaniyat va turizm ko‘rgazmasi" hamda "6-Shinjon bahorgi turizm ko‘rgazmasi" o‘z ishini olib bormoqda.
Toshkent shahri delegatsiyasi ushbu tadbirda Turizm boshqarmasi vakillari hamda shahrimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi:
Xorijiy sayyohlar oqimini oshirish
Turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun investitsiyalar jalb qilish
Toshkent va Sinzyan tadbirkorlari o‘rtasida hamkorlik kelishuvlarini imzolash
Ko‘rgazma – 24-mart kuni tugaydi.
Ko‘rgazmalar haqida:
Shinjon madaniyat va turizm ko‘rgazmasi
Madaniyat va turizm sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan xalqaro platforma
Turli mamlakatlardan turizm operatorlari, madaniy tashkilotlar va tadbirkorlar ishtirok etmoqda
Mahalliy va xalqaro sayyohlik imkoniyatlari targ‘ib qilinmoqda6-Shinjon bahorgi turizm ko‘rgazmasi
Bahorgi turizm mavsumiga bag‘ishlangan yirik tadbir
Sayyohlik agentliklari, transport kompaniyalari va mehmonxona biznesi vakillari ishtirok etmoqda.