foto:Buxoro shahri hokimligi
Qoramoy — Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon - Uygʻur avtonom viloyatidagi prefektura darajasidagi shahar. Urumchidan 320 km shimoli-g'arbda joylashgan. Qoramoy nomi uygʻur tilidan kelib chiqqan boʻlib, qora moy (mazut) degan maʼnoni bildiradi.
Qoramoy shahri Shinjon-Uygʻur avtonom rayonining nafaqat neft bazasi, balki mintaqaning raqamli iqtisodiyot markazi hamdir Shaharda ikki marotaba SHHT-Xitoy raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlik forumi va uch marta katta ma’lumotlar bo‘yicha o‘quv kurslari o‘tkazilgan.
Bugun Buxoro shahar hokimi Qurbon Tursunov Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Qoramoy shahri meri o‘rinbosari Chjan Yuy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda shahar hokimi o'rinbosari Sh.Xusenov, Qoramoy sanoat parki rahbari Lyu Xeni, Qoramay shahar sanoat va axborot texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Bay Lu va boshqa mas'ullar ishtirok etdi.
Qurbon Tursunov Qoramay shahri bilan savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, turizm, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar, shuningdek, taʼlim va sport sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan barcha tashabbuslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.
O'z navbatida Qoramoy shahri meri o‘rinbosari Chjan Yuy ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini alohida taʼkidladi.