Xitoyliklar Buxoroda zavod va mehmonxona ochadi

27.03.2025 00:00 IPAK YO‘LI 7

8c24d5159dd0f24ae1d64fa7ed8d5d09

Joriy yilning 16-22-mart kunlari viloyat hokimining o‘rinbosari Rizo Asadov, Romitan, Shofirkon, Jondor tumanlari hokimlari, ularning tegishli o‘rinbosarlari va tadbirkorlardan iborat Buxoro viloyati delegatsiyasi Xitoyning Shenchjen, Zonshang va Shenyang shaharlarida bo‘ldi.

Tashrif davomida delegatsiya vakillari «High Class Solar Light Co. LTD», «Guangdong Chant Group Inc», «Taili Group», «Yoye Wisdom» hamda "!Lesso Group"  kabi Xitoyning yirik ishlab chiqarish kompaniyalari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi, hukumat va yirik kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar olib borildi. Muzokaralar davomida Buxoroga investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Shenyan shahar merining o‘rinbosari Lyu Kebin bilan uchrashuvda ikki hudud o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish hamda ijtimoiy sohalarda, shu jumladan, ta’lim, turizm va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Lyaonin provinsiyasining Xalq hukumati vitse-gubernatori Shan I bilan rasmiy uchrashuvda esa mineral resurslar, sanoat zonalarini tashkil qilish va qurilish omborlarini tashkil qilish loyihalari bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv natijasida Lyaonin provinsiyasi va Buxoro viloyati o‘rtasida Birodarlik munosabatlarini o‘rnatish Memorandum bo‘yicha imzolandi.

Shenchjen va Shenyan shaharlarida Investitsiya forumlari o‘tkazildi. Jumladan, O‘zbekistonning Guandjoudagi Bosh konsulxonasi va Guandjou shahri Tijorat-investitsiya palatasi bilan hamkorlikda «Shenchjen – Buxara» forum tashkil qilindi.

Forumda Xitoyning 60 ta yetakchi kompaniyalari ishtirok etdi. Muzokaralar natijasida Shenzhen Water Technology, Ampere Energy Technology, ENERMALL kabi yirik kompaniyalar bilan kelishuvlarga erishildi.

Buxoro viloyati va Lyaonin provinsiyasi hukumati o‘rtasida o‘tkazilgan forumda provinsiyaning 40 ta yirik kompaniyalari bilan  bilan G2B uchrashuvlar olib borildi. Uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, «Qitong Tea» kompaniyasi bilan qiymati 10 mln AQSH dollarilik choy plantatsiyalari va choy ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha  bo‘yicha memorandum imzolandi ($10 mln.). Shuningdek, choy ishlab chiqarish, «Highclass Solar Light Co. LTD» kompaniyasi bilane yorug‘lik texnologiyalari (LED diodlar) ishlab chiqarish,  shuningdek, Buxoroda to‘rt yulduzli mehmonxona qurish, «Guangdong Chant Group Inc» kompaniyasi bilan Buxoroda 5 ming xonadonli turar joy maskani qurilishi doirasida kogeneratsiya loyihasini amalga oshirish, «Taili Group» kompaniyasi bilan kadrlarni tayyorlash uchun akademiya tashkil etish va O‘zbekistonda marketing platformasini tashkil etish, «Yoye Wisdom» kompaniyasi bilan tekstil mahsulotlarini lokalizatsiya qilish va Yevropaga eksport qilish, «Lesso» kompaniyasi bilan qurilish sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.