O‘zbekiston va Xitoy vizasiz rejim bo‘yicha ichki protseduralarni yakunlash jarayonida, dedi O‘zbekiston TIV. Undan keyin 30 kunlik vizasiz rejim amal qiladi. Avvalroq internetda mamlakatlar o‘rtasida vizasiz rejim bo‘lmasligi haqida ma’lumot tarqatilgandi.
Telegram`dagi POLITIK Central Asia kanali O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida vizasiz rejim bo‘lmaydi, bu bo‘yicha hech qanday muzokaralar olib borilmayapti, deya o‘z manbalariga tayanib xabar tarqatdi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, hozirda tomonlar davlat ichki protseduralarini yakunlash jarayonida.
“Undan keyin 30 kunlik vizasiz rejim amal qiladi”, — dedi vazirlik matbuot kotibi Ahror Burhonov.