15-aprel kuni mashhur Kanton yarmarkasi ochiladi

14.04.2025 00:00 IPAK YO‘LI 6

canton-fair-2025

Kanton yarmarkasi 15-apreldan 5-maygacha Guandun provinsiyasining Guanchjou shahrida bo‘lib o‘tadi.

Kanton yarmarkasi deb nomlanuvchi 137-Xitoy import va eksport mahsulotlari yarmarkasi 15 apreldan 5 maygacha Guandun provinsiyasining ma’muriy markazi Guanchjou shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmada 31 mingga yaqin kompaniya ishtirok etmoqda. Eksponentlar soni birinchi marta 30 mingdan oshdi.

Ekspozitsiyaning umumiy maydoni - 1,55 million kvadrat metr. Ko‘rgazma uch mavzuli bosqichga bo‘lingan: "Ilg‘or ishlab chiqarish," "Sifatli uy" va "Eng yaxshi hayot" (turmush sifatini oshirishga yordam beradigan mahsulotlar).

Tadbirga 210 mamlakat va mintaqadan 170 mingdan ortiq tashrif buyuruvchilar ro‘yxatdan o‘tgan.

Kanton yarmarkasi birinchi marta 1957-yilda bo‘lib o‘tgan. U bir yilda ikki marta o‘tkaziladi. Ko‘rgazma mamlakat tashqi savdosining muhim barometri hisoblanadi.