Farg‘ona-Urumchi yo‘nalishida aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi

15.04.2025 00:00 IPAK YO‘LI 8

news_1744630673407


Xitoy Xalq Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi bugun Urumchi shahrida yangi aviaqatnovga tantanali start berish marosimida ishtirok etdi.

Mazkur aviaparvoz ikki hududni bog‘lash, savdo, iqtisodiy-investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, turizm yo‘nalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Parvozlar 18-aprel kunidan boshlab amalga oshiriladi.