O'zbekiston Bosh konsulxona va Xitoyning "Guangzhou Daily Press Group" kompaniyasi hamkorligida yurtimizning boy madaniy-tarixiy merosi va turizm salohiyatini keng targ'ib qilishga qaratilgan maxsus marketing dasturi ishlab chiqildi.
Mazkur loyiha O'zbekistonga xorijiy yurtlardan, shu jumladan Xitoydan sayyohlar oqimini keskin ko'paytirish maqsadida hayotga tadbiq etilyapti.
Dasturga muvofiq, Xitoy tomoni O'zbekistonning qadimiy shaharlari, ulardagi tarixiy obidalar, milliy urf-odat, an'ana va madaniyatni namoyon etuvchi qisqa metrajli hujjatli filmlar, fotoreportajlar yaratadi hamda interaktiv tadbirlarni uyushtiradi. Bundan tashqari, Guanchjou media markazida ko'rgazma tashkil etiladi, Guandun provinsiyasi yoshlarining O'zbekistonga o'quv-sayyohlik dasturi hamda yurtimizga safar qilish bo'yicha maxsus qo'llanma va milliy aviakompaniyalar bilan birgalikda "Parvoz +Sayohat" turpaketlari ishlab chiqadi.