foto:immigration.gov
O‘zbekiston Markaziy banki va Tencent Cloud International delegatsiyasi uchrashuvida WeChat Pay’ni mahalliy to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilish, QR-kod orqali to‘lovlar va bulutli infratuzilma sohasida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Markaziy bankda Xitoyning yirik texnologik kompaniyasi Tencent Holdings Ltd tarkibiga kiruvchi Tencent Cloud International delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi MB matbuot xizmati.
Uchrashuvda O‘zbekistondagi raqamli texnologiyalar va bulutli infratuzilmani rivojlantirish borasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar Tencent Holdings Ltd tarkibidagi WeChat Pay raqamli to‘lov tizimini O‘zbekistondagi mahalliy to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilish, QR-kod orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari hamda ushbu yo‘nalishda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqdi.