O‘zbekiston va Shinjon turizm sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi

29.04.2025 00:00 IPAK YO‘LI 6

tourism-xinjiang-in-tashkent-uzb

28-aprel kuni Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni madaniyat va turizm departamenti hamda Shinjon turistik kompaniyalari vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Shinjon Madaniyat va turizm departamenti raisi Guli Abulimu raisning birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi vakillari uchrashuvini samimiy qutlab, O‘zbekiston tomoni bilan birgalikda madaniyat va turizm sohasidagi hamkorlik salohiyatini yanada oshirish, shuningdek, ikki tomon o‘rtasidagi almashinuv va hamkorlikni ilgari surish uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Jamshid Abdusalomov uchrashuv O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish uchun ajoyib platforma ekanini ta’kidladi.

Shinjon madaniyat va turizm investitsiyalari guruhi, Xitoy yoshlar sayyohlik korporatsiyasi (CYTS) qoshidagi Shinjon madaniyat va turizmni rivojlantirish kompaniyasi, Shinjonning "Bahor va kuz" xalqaro sayyohlik agentligi rahbarlari O‘zbekistondagi faoliyati haqida ma’lumot berib, kelgusidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Keyingi yillarda ikki tomon o‘rtasida gumanitar almashinuvlar va turizm sohasidagi hamkorlikda ko'rinarli natijalarga erishdi. O‘zbekiston delegatsiyalari Shinjonga bir necha bor tashrif buyurib, 2023-yilda Shinjon turizmini rivojlantirish bo‘yicha konferensiya, "Shanxay hamkorlik tashkiloti turizm yili" forumi, Shinjonda bo‘lib o‘tgan VI Xalqaro Xitoy etnik raqs festivali, XVII Shinjon qishki turizm sanoati ko‘rgazmasi, shuningdek, 2024-yilda Ipak yo‘li sivilizatsiyalari almashinuvini o‘rganish va Qucha madaniyati tarixini o‘rganish bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

2023-yilda Shinjon madaniyat va turizm departamenti delegatsiyasi "Shinjon - go‘zal maskan" tadbiri doirasida madaniy almashinuv va turizm targ‘iboti uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi, shuningdek, O‘zbekistonning Xorazm viloyatidagi Xiva shahrining tarixiy-madaniy yodgorliklarini restavratsiya qilish loyihasi bo‘yicha ilmiy konferensiyada ishtirok etdi. 2024-yilda Shinjon badiiy jamoalari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan II Xalqaro maqom san’ati forumida ishtirok etdi.