10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishini ochish rejalashtirilmoqda

10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishini ochish rejalashtirilmoqda

14.05.2024 00:00 O'zbekiston 6

y6AIRo16736219670708_b

foto:Transport vazirligi

Hozirda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga 37 ta yo‘nalish bo‘yicha 196 ta avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan va yil boshidan buyon 173 ming yo‘lovchi tashilgan. Transport vazirligi yil oxirigacha yana 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishi ochilishini ma’lum qildi.

Joriy yilda O‘zbekistonning turli shaharlaridan qo‘shni davlatlarga 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishi ochilishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Bular:

  • Samarqand — Bishkek;
  • Buxoro — Bishkek;
  • Buxoro — Ostona;
  • Samarqand — Turkiston;
  • Buxoro — Turkiston;
  • Shahrisabz — Turkiston;
  • Samarqand — Dushanbe;
  • Buxoro — Dushanbe;
  • Toshkent — Ufa;
  • Toshkent — Krasnodar.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunda jami 32 ta milliy va xorijiy tashuvchilar tomonidan Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga 37 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 196 ta avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Yanvar-aprel oylari davomida xalqaro avtobus yo‘nalishlarida 173 ming nafar yo‘lovchi tashilgan. Ko‘rsatkichlar 2023-yil mos davriga nisbatan 15 foizga oshgan.